Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Nimalar o‘zgaradi?

Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Nimalar o‘zgaradi?

23 август 2022 йил
434
0

Prezident «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. U tanlov asosida (haftasiga 5 kunlik) ishga qabul va kadrlar rotasiyasi, qolaversa, tadbirkorlik qilish, xorijda hisobraqam ochish va manfaatlar to‘qnashuvini taqiqlash, daromadlar va mol-mulkni majburiy deklarasiyalashni nazarda tutadi.

 O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 avgust kuni «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. U Qonunchilik palatasi tomonidan 2 martdayoq qabul qilingandi, Senat esa 28-mayda ma’qullab bergandi. Qonun oradan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Davlat rahbari hujjatga yaqinda davlat xizmati sohadagi muammolarni hal qilish 30 yilga qoldirilganini ta’kidlagan yig‘ilishdan keyin imzo chekdi. «Hali davlat xizmati chinakam xalqni rozi qiladigan tizimga aylangani yo‘q», — degandi u. Shu bilan birga, prezident qonun ikki yil davomida «chuqur muhokamalar asosida» mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda ishlab chiqilganini aytgandi.

Qonun kimlarga qo‘llaniladi?

Davlat fuqarolik xizmati deganda «davlat xizmatining bir turi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining davlat fuqarolik xizmati lavozimlaridagi davlat organlari vakolatlari amalga oshirilishini ta’minlashga doir haq to‘lanadigan kasbiy faoliyati tushiniladi». 

Qonunning amal qilishi Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan lavozimlardagi davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyatiga nisbatan tatbiq etiladi. U prezident, Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi hamda boshqa mahalliy davlat hokimiyat organlari deputatlari, yuqori va quyi palatalar devonlari xodimlari, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, sudyalar va sud tizimi xodimlari, Markaziy bank boshqaruvi a’zolari, prokuratura, ichki ishlar, mudofaa ishlari, favqulodda vaziyatlar, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo‘mitasi va DXX organlarida xizmat qilayotganlar, shu jumladan, harbiy xizmatchilar, qolaversa, davlat organlarining texnik, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish xodimlarining faoliyatiga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • Davlat fuqarolik xizmati tizimining yagonaligi va barqarorligi;
  • qonuniylik;
  • adolatlilik;
  • xalqqa xizmat qilish;
  • davlat organlarining va mansabdor shaxslarining jamiyat hamda fuqarolar oldida mas’ulligi;
  • inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
  • ochiqlik va shaffoflik;
  • xolislik, professionallik va kompetentlik;
  • davlat fuqarolik xizmatiga kirishda O‘zbekiston fuqarolarining teng huquqliligi;
  • davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishi.

Qonunga muvofiq, davlat fuqarolik xizmati sohasidagi maxsus vakolatli organ etib Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi belgilanmoqda. U o‘z vakolatlari doirasida davlat idoralarining kadrlar siyosati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi, davlat xizmatiga kadrlarni tanlov asosida tanlashni tashkil qiladi, davlat xizmatchilarining samaradorligini baholash uchun indikatorlar (asosiy ko‘rsatkichlar) tizimini joriy qiladi va ularning natijalarini tahlil qiladi, jamoatchilik fikrini o‘rganadi va davlat organlari rahbarlarining ochiq reytingini shakllantirishda ishtirok etadi.

Shuningdek, agentlik davlat xizmatchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda hamda ularning ishlashi va ijtimoiy himoyasi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratishda yordam ko‘rsatadi.

Zarbdor tuman Аdliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuristkonsul’t A.Abduvaitov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар