Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Korrupsiya: unga qarshi kurash sohasida yangi bosqich

Korrupsiya: unga qarshi kurash sohasida yangi bosqich

16 май 2023 йил
690
0

  «Korrupsiya» atamasining etimologik jihati xususida turli fikrlar mavjud. Keng ommalashgan birinchi fikr tarafdorlariga ko‘ra, «korrupsiya» atamasi lotincha «corruptio» so‘zidan olingan bo‘lib, «pora evaziga og‘dirish» degan ma’noni anglatadi.

  Ayrim adabiyotlarda esa mazkur atama lotincha «corrumpere» (buzilish, aynish, tanazzul), boshqa adabiyotlarda lotincha «cor- rup­­tum» (singan, buzilgan) so‘zidan kelib chiqqani va shaxsiy hamda korporativ foyda yo‘lida jamoat manfaatlariga putur etkazishni anglatishi qayd etilgan. Korrupsiyaga qarshi jiddiy va keskin kurash olib borishni vaziyatning o‘zi taqozo etmoqda. Qaysi bir sohada rivojlanish, taraqqiyot ro‘y bermayotgan ekan, uning asl sababi korrupsiyaga borib taqaladi.

  Korrupsiya mamlakatda amalga oshirilayotgan islo­hotlar yo‘lidagi jiddiy to‘siq bo‘lib qolmoqda.­ Dunyo­ning ilg‘or davlatlari korrupsiyaga qarshi milliy dara­jadagi chora-tadbirlarni qo‘llash bilan­ bir qatorda,­ xalqaro­ miq­yosdagi dastur­lar­ni amalga­ oshirishda ham faol  ishtirok etib kelmoqda.

  Xalqaro valyuta jam­g‘ar­ma­sining hisob-kitob­la­riga ko‘ra, korrupsiya tufayli­ jahon iqtisodiyo­ti yiliga o‘rtacha 1,5-2 trillion AQSH dollar­i miqdorida zarar ko‘radi.

  Korrupsiya xalq­ning davlat va uning organlariga bo‘lgan ishonchiga putur etkazadi, ijti­moiy-iqtisodiy muammolarning vujudga kelishi va chuqurlashishiga sabab bo‘ladi.­ Birinchi Preziden­timiz Islom Karimov jino­yatchilik va korrupsiya­ga xavfsizlikka tahdid soluvchi omillardan biri sifatida baho berib, «jino­yatchilik va korrupsiya­ jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini emiradi. Jamiyat a’zolarining fuqarolik mavqeini yo‘qqa chiqaradi. Amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga salbiy munosabat vujudga kelishi uchun sharoit yaratadi», deya ta’kidlagan edi.

  Konstitutsiyamizning 2-moddasiga ko‘ra, davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat­ qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar. Korrupsiya  mazkur konstitutsiyaviy qoidaga ziddir. Shunday ekan, davlat va uning organlari davlatning konstitutsiyaviy asoslariga rahna solishi mumkin bo‘lgan bunday huquqbuzarliklarga qarshi barcha kuch-imkoniyatini ishga solishi kerak.

  Yaqinda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha juda muhim ikki hujjat —  «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonun va Prezidentimizning «Korrupsiyaga qarshi   kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekis­ton Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori­ qabul qilindi.

  Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev o‘zining saylovoldi ma’ruzalaridan birida «bugungi kundagi yana bir ustuvor vazifamiz — mamlakatimiz rivojiga to‘siq bo‘layot­gan yovuz illat, ya’ni korrupsiya va uyushgan jinoyat­chilikka qarshi kurashish, huquqbuzarlikning oldini­ olish masalalarini samarali hal etishdan iborat» ekanini alohida ta’kidlagan edi. Mazkur qonun hujjatlari qabul qilingani, shuningdek, O‘zbekis­ton Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi farmoni bilan­ tasdiqlangan 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga­ oshirishga oid   dav­lat­­ dastu­rida ham korrupsiya­ga qarshi kurashishning tashki­liy-huquqiy mexa­nizmla­rini tako­millash­ti­rish va korrup­siya­ga qarshi kurashish­ tadbirlari samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangani oldimizga qo‘yilgan ezgu maqsadlarga erishish yo‘lidagi izchil harakat sifatida  baholash mumkin.

Bunga qadar respublikamizda korrupsiyaga qarshi qaratilgan bir qator qonun hujjatlari qabul qilingan, choralar ko‘rilgan bo‘lsa-da, davlat boshqaruvini xalq oldida­ obro‘sizlantiruvchi bu huquqbuzarlikka qarshi tizimli va samarali kurash uchun zarur bo‘lgan bir qator omillar etishmayotgan­ edi. Bu ko‘p jihatdan sohaga oid huquqiy normalarning etarli dara­jada­ takomillashmagani, hatto korrupsiya tushun­chasi­ qonunchilikda aniq-ravshan belgilanmagani, qonunlarda bu boradagi siyo­sat, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyat­ni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar aniq ko‘rsatib o‘tilmaganiga borib­ taqalardi. Maxsus qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda­ bu illatga qarshi tizimli kurash olib borishning qonuniy asoslarini  tako­millashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

  Qonun bilan tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyati hamkorligi, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar­ ustuvorligi, javobgar­likning muqarrarligi korrup­siyaga qarshi kurashning asosiy prinsiplari sifa­tida belgilab qo‘yildi.­ Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘na­lishlari qonun darajasida­ mustahkamlandi.

  Qonun normalarini hayotga tatbiq etish maqsadida Prezident qarori bilan 2017—2018-yillarga mo‘ljallangan korrup­siya­ga­ qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturi, Korrupsiya­ga­ qarshi kurashish bo‘yicha respublika­ idoralararo  komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

  Davlat dasturi 51 banddan iborat chora-tadbirlarni qamrab olgan. Unda korrupsiyaga bevosita yoki bilvosita qarshi qaratilgan, uning tizimli sabablari va sharoitlarining oldini olishga yo‘naltirilgan 10 ta qonun, bir qator qonunosti hujjatlari, chora-tadbirlar rejalari loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish, turkum targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

  Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik qiladigan nufuzli tarkibda­ shakllantirilgan. Komissiya­ tarkibiga parlament a’zolari, bir qator vazirlik va­ idoralar rahbarlari,­ olimlar bilan birga fuqa­rolik jamiyati instituti a’zolari kiritilgani komissiya­ faoliyatini samarali tashkil etish, davlat tash­ki­lot­larida­ uchraydigan korrupsiyaviy holatlarni uchinchi sektor vakillari bilan hamkorlikda aniqlash va bartaraf­ qilish imkonini beradi.

  Ingliz-irland davlat arbobi Edmund Berk «korrupsiya barq urayotgan jamiyatda ozodlik uzoq vaqt hukm surishi mumkin emas»­ degan fikrni bildirgan edi. Darvoqe, butun­ tarix­ davomida mamlakatlar o‘z mustaqilligini boy berishiga nafaqat jangu jadallardagi mag‘lubiyatlar, balki amaldorlarning sot­qinligi, o‘z manfaatlarini jamiyat manfaatlaridan ustun qo‘ygani, ya’ni korrupsiya ham sabab bo‘lgan. Demak, korrupsiya­ga qarshi kurashish ayni paytda mus­ta­qilligimizni mustahkamlash, vatanimizning ozod­li­gi va obodligini ta’minlash uchun ham hayotiy zaruratdir.

Jizzax viloyat sudining jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hayati sudyasi

N.Ernazarov

Jinoyat ishlari bo'yicha Zarbdor tuman sudining raisi

Sh.X.Mirzaaxmedov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар