Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Zarbdor tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonchilik ishlari yuzasidan media tur o‘tkazildi.

Zarbdor tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonchilik ishlari yuzasidan media tur o‘tkazildi.

19 июль 2021 йил
684
0

  Bu yil yurtimiz mustaqilligiga o‘ttiz yil to‘ladi. Ayni paytda yurtimizning barcha shahar va qishloqlarida ushbu sana oldidan qurilish-bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, bu yil “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari bo‘yicha qurilish ishlari ko‘lami avvalgi yillardagidan ancha kengaygan.

  Jumladan: tumanimizda ham bunyodkorlik ishlari bugun qizg‘in davom etmoqda.

  Zarbdor tuman Elektr ta’minoti korxonasi tomonidan “Yangiobod” MFY  hududida quvvati 160 kVA bo‘lgan 2 dona transformator punkti va 60 dona yangi temir-beton tayanch ustunlari o‘rnatildi va 0.4 kVa bo‘lgan 0.5 km elektr tarmog‘i tortildi. 3 dona transformator va 2,5 km havo tarmoqlari mukammal ta’mirlandi. Bundan tashqari, “Yangiobod” MFY hududidagi Fider Nihol uzatmasiga qo‘shimcha 1,1 km yangi 10 kV havo tarmog‘i qurildi, №-132-sonli transformator podstansiyasidan ta’minlanuvchi HL-0,4 kV bo‘lgan past kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlaridagi eski simlar yangi o‘z-o‘zini himoyalovchi 1,0 km ortiq SIP kabel tarmoqlariga almashtirildi. Buning natijasida “Yangiobod” MFY hududidagi 12 ta ko‘p qavatli uylarning elektr energiyasi ta’minoti yaxshilandi.

  “Ravot” MFY hududida dastur doirasida 1 dona 10/0,4 kV li transformator punkti va 35 dona temir-beton tayanch ustunlar yangidan o‘rnatilda va 1.1 km elektr tarmog‘i tortish ishlari amalga oshirilmoqda. Yangiyo‘l ko‘chasida 25 dona, tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi.

  “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida “Ravot” MFY hududida ichki yo‘llarni ta’mirlash yuzasidan 1.9 km asfaltlashtirish va 4.7 km tuproq yo‘llarni shag‘allashtirish jami 6.6 km ichki yo‘llarni ta’mirlash rejalashtirilgan edi. Hozirgi vaqtga kelib ushbu mahallada 3.7 km ichki yo‘llar shag‘allashtirildi. Bugungi kunda ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

  “Yangiobod” MFY hududida reja bo‘yicha jami 5.8 km ichki yo‘llarni  ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, shundan  2.1 asfaltlashtirish va 3.7 km shag‘allashtirish rejalashtirilgan. Hozirgi vaqtga kelib ushbu mahallada 1.2 km ichki yo‘llar shag‘allashtirildi. Bugungi kunda ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

  Bundan tashqari tuman markazidan uzoqda joylashgan Adirobod MFYda 2,03 km ichki yo‘llarga asfalt qilindi. Tumandagi barcha mahallalarning tuproq yo‘llari mahalliy mablag‘larning orttir bajarish hisobidan 45,5 km ichki yo‘llar shag‘allashtirildi hamda markazdagi “Tinchlik” MFYdagi ko‘p qavatli uylarning yo‘laklariga beton yotqizish ishlari ham olib borilmoqda. Bunday ezgu ishlar davom etmoqda.

  “Obod qishloq” dasturi davomida “Ravot” hamda “Yangiobod” MFY hududlarida jami 27  km ichimlik suv tarmog‘i hamda 2 dona suv uzatish inshooti qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, “Ravot” MFYda 1 dona artezian suv qudug‘i qazilib ishga tushurildi. Ichimlik suv tamog‘ini qurish yuzasidan 6 km transheya qazilib, 4,8 km ichimlik suv quvuri yotqizilgan. Shuningdek 1 dona suv minorasi olib kelingan  bo‘lib, 3 dona artezian suv qudug‘ida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda qurilish ishlari davom etmoqda.

  “Yangiobod” MFY hududida 1 dona artezian suv qudug‘ini qazish ishlari davom etmoqda. Ichimlik suv tarmog‘ini tortish bo‘yicha  6,5 km transheya qazilib, 5,0 km ichimlik suv quvuri yotqizilgan. Hozirgi vaqtda qurilish ishlari davom etmoqda.

  Bundan tashqari tumandagi “Do‘stlik” MFY aholisi uchun 400 metrlik suv quvurlari tortilib, ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholiga ichimlik suvi etkazib berildi.

  “Obod qishloq” davlat dasturi davomida “Ravot” hamda “Yangiobod” MFY hududlarida jami 98 ta yakka tartibdagi uy-joylarni ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi vaqtga qadar 132 ta xonadon devorlarini suvash va rang berish ishlari tugatildi, 36 ta yakka tartibdagi xonadonlarning  darvozalari va tom qismlariga qayta rang berildi  va  jami 50 ga yaqin xonadoning devorlariga konyok o‘rnatildi.

  “Obod qishloq” dasturi davomida ko‘chalarni obodonlashtiri yuzasidan “Ravot” hamda “Yangiobod” MFY hududida jami 500 ga yaqin mevali hamda manzarali daraxtlar ekildi. Shuningdek, “Yangiobod” MFY hududida 13 ta ko‘p qavatli uy joylar va 26 ta kirish yo‘laklariga rang berildi. Mahalla ko‘chalarini arxitektura qiyofasini yaxshilash yuzasidan 107  ta noqonuniy qurilmalar buzilib, 550 tonnadan ziyod chiqindilar chiqindi poligoniga olib chiqildi. Hozirgi vaqtda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. “Yangiobod” MFY hududida ko‘p qavatli uy-joylar orasiga 1500 kv.m piyodalar yo‘lagi qurish rejalashtirilgan bo‘lib, 2021-yil 7-iyul holatiga 300 kv.m piyodalar yo‘lagi qurildi.

  Tumanda aholiga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida Mikrokredit bank filialining qurilib foydalanishga topshirish arafasida ekanligi quvonarli, albatta.

Bunday bunyodkorlik ishlari tufayli Zarbdor yana ham obod bo‘lib, aholi turmush farovonligi yaxshilanishi shubhasiz.

 Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар