Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

21 сентябрь 2021 йил
73
0

“O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunida ish stajiga imtiyozli tarzda qoshib hisoblanadigan faoliyat davrlari

Stajga quyidagilar imtiyozli tarzda qo‘shib hisoblanadi:

  1. a) harakatdagi armiya tarkibiga kiruvchi harbiy qismlar, shtablar va muassasalardagi, jangovar harakatlar davrida partizan otryadlari va qoshilmalaridagi xizmat va erkin yollanganlar tarkibidagi ish, baynalmilal burchni bajarishda jangovar harakatlarda ishtirok etish uch hissa barobarida;
  2. b) 1941-1945-yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlash, shu jumladan harbiy qismlardagi erkin yollanganlar tarkibidagi ish va ushbu moddaning a bandida nazarda tutilgan xizmatdan tashqari harbiy xizmat ikki hissa barobarida;
  3. v) ushbu Qonun 10-moddasining a va b bandlariga hamda 11-moddasining a bandiga muvofiq imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan erkaklarda 10 yildan ortiq va ayollarda 7 yilu 6 oydan ortiq ishlangan har bir to‘liq yil ikki hissa barobarida;
  4. g) moxovxonalarda, vaboga qarshi muassasalarda, immunodefitsit virusi bilan kasallangan shaxslar davolanadigan yuqumli kasalliklar muassasalarida ishlash ikki hissa barobarida;
  5. d) patologoanatomiya muassasalari va sud-tibbiy ekspertiza muassasalarining tibbiy xodimlaridan ayrim toifalarining ishi bir yarim hissa barobarida;
  6. e) asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortilgan, asossiz ravishda qatagon qilingan va keyinchalik oqlangan fuqarolarning qamoqda bolish va hibsda saqlash joylarida turgan vaqti bir yarim hissa barobarida.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi Qonunida umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqi

Oxirgi ish joyidan qati nazar, quyidagilar ushbu Qonunning 7-moddasida belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar:

  1. a) urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
  2. b) mehnat sharoiti zararli va ogir ishlarda toliq ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlar (3-sonli ro‘yxat, I qism):

erkaklar  ish staji kamida 25 yil bo‘lib, bundan kamida 12 yil-u 6 oyi ko‘rsatib o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda;

ayollar  ish staji kamida 20 yil bo‘lib, bundan kamida 10 yili ko‘rsatib o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda.

Mehnat sharoiti zararli va og‘ir ishlarda  erkaklar kamida 6 yilu 3 oy, ayollar kamida 5 yil  ishlagan xodimlarga pensiya ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi erkaklarning bunday ishdagi har 2 yilu 6 oyi uchun va ayollarning bunday ishdagi har 2 yili uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi;

  1. z) bolalikdan nogiron farzandlarning onalari ularni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan bo‘lsa ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda. Basharti, ayol o‘gay o‘gil va o‘gay qizni ular 8 yoshga to‘lguniga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan bo‘lsa, pensiya tayinlashda ular haqiqiy farzandlar bilan teng ravishda hisobga olinadi;
  2. k) nogiron bolalar uchun ixtisoslashgan ta’lim muassasalari, Mehribonlik uylari, harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari o‘qituvchilari maxsus ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda (3-sonli ro‘yxat, VII qism);
  3. l) ixtisoslashgan tibbiy muassasalarning shifokorlari va o‘rta tibbiy xodimlari maxsus ish staji qishloq joyda kamida 25 yil va shaharlarda kamida 30 yil bo‘lgan taqdirda (3-sonli royxat, VIII qism);
  4. m) qariyalar, nogironlar va yolgiz fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda bevosita band bo‘lgan ijtimoiy xodimlar (3-sonli ro‘yxat, IX qism):

erkaklar  maxsus ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;

ayollar  maxsus ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda.

Zarbdor tuman pensiya jamg'armasi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар