Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Intellektual mulk obyektlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Intellektual mulk obyektlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirildi

21 февраль 2022 йил
381
0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Intellektual mulk obyektlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirildi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Endilikda, intellektual mulk huquqlarini buzganlik uchun yuridik shaxslar 54 million so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin.

Qonunga muvofiq, tovar belgilari, firma nomlari va sanoat mulkidan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun jarima to‘lash tartibi belgilandi. Bu esa huquqbuzarlikning jamiyatga, tadbirkorga keltirgan zararidan kelib chiqib, unga qonuniy chora ko’rish, bu kabi huquqbuzarliklarni oldini olish imkonini beradi.

Yuridik shaxslar bir xil tovarlar uchun tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi yoki chalkash darajada o‘xshash belgilardan noqonuniy foydalangan taqdirda, ularga BHMning 100 dan 200 baravari miqdorida jarima solinadi.

Shuningdek, yuridik shaxslar firma nomidan noqonuniy foydalanganlik uchun BHMning 100 dan 200 baravarigacha jarimaga tortiladi.

Avval, O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 177-moddasiga binoan o‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʼn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lar edi. Jarima miqdorining kamligi sabab ta'sir kuchi sezilmas va huquqbuzarlik qayta takrorlanish holatlari ko'plab uchrar edi.

Shuningdek, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi qonunga jarima solishning asoslari va tartibini, shuningdek, yuridik shaxslar tomonidan sanoat mulki obyektlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarima to‘lash tartibini nazarda tutuvchi moddalar kiritilmoqda.

Endilikda, sanoat mulkining tegishli patentlangan obyektini o'z ichiga olgan mahsulot yoki buyumni o'zboshimchalik bilan tayyorlash, foydalanish, olib kirish, sotishga taklif qilish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqacha kiritish yoki shu maqsadda saqlash yuridik shaxslarga BHMning 100 baravaridan ikki yuz baravarigacha (27 mln so‘mdan 54 mln so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Intellektual mulk obyektlari huquqbuzarligi uchun jarima miqdorini belgilanishi fuqarolarning o‘zgalar huquqini hurmat qilish, ayniqsa tovar belgilari, foydali model, sanoat namunalaridan huquq egasi ruxsatisiz foydalanishni oldini olishga xizmat qiladi. 

Jinoyat ishlari byicha 

G‘allaorol tuman sudi

raisi U.Xidirboyev

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар