Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Zarbdor tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan seminar-trenning tashkil etildi

Zarbdor tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan seminar-trenning tashkil etildi

28 март 2022 йил
359
0

Zarbdor tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tashabbusi bilan haftaning har shanba kuni, maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog xodimlari uchun metodik kun etib belgilandi. Dastlabki metodik kun Zarbdor tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 7-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida joriy yilning 26-mart kuni tuman miqyosida seminar bo‘lib o‘tdi. 

Seminar O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligining 2021-yil 12-iyuldagi “Maktabgacha ta’lim tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish” to‘g‘risidagi 128-son buyrug‘i ijrosi,  maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya sifatini oshirish va maktab ta’limiga sifatli tayyorlash, pedagog xodimlar tajribasi va malakasini oshirish  maqsadida tumandagi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritib kelayotgan direktorlar, psixologlar, metodistlar, defektolog-logoped, xorijiy til o‘qituvchilari, musiqa rahbarlari, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, tarbiyachilar, hamshiralar, xo‘jalik mudirlari o‘rtasida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog xodimlari O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim ta'lim vazirligining 2019-yil 30-avgustdagi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 155-son buyrug‘i asosida ish hujjatlarini yuritish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22- dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 802-son qarori mazmun-mohiyati, ta’lim jarayonida foydalaniladigan didaktik o‘yinlar, harakatli o‘yinlar, pedagoglar bilan hamkorlikda ishlash, ta’lim jarayonida yangi inovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari yuzasidan o‘zaro fikr va tajriba almashishdi. 


Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Tartib-intizom har joyda zarur.
09 февраль 2022, Среда
Tartib-intizom har joyda zarur.
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni
14 январь 2022, Пятница
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар