Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » «G‘alla-2022» G‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumiga tayyorgarlik

«G‘alla-2022» G‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumiga tayyorgarlik

18 май 2022 йил
537
0

Zarbdor tuman FVB xodimlari tomonidan tuman hududida “G‘alla-2022” o‘rim-yig‘imi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish mobaynida yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Tuman hududida “G‘alla-2022” o‘rim-yig‘imi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va yetishtirilgan hosilni o‘z vaqtida nobudgarchiliklarsiz yig‘ishtirib olish davrida jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati va yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida tuman FVB tomonidan tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

G‘alla mavsumiga jalb etilgan jami 48 ta kombaynlar, shundan 4 dona CASE, 11 dona VIKTOR 410, 7 dona LIDA 1300, 26 dona KLASS DOMINATOR 130larning texnik hamda yong‘in xavfsizligi xolati tekshirib chiqilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish borasida joylardagi mas’ul rahbarlarga ko‘rsatmalar berildi.

«G‘alla-2022» mavsumi davomida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan yig‘im-terim davrida yong‘in xavfsizligi qoidalariga to‘liq amal qilish kerakligi hamda g‘allasi o‘rib olingan maydonlarni yoqib yubormaslik maqsadida kombayn operatorlari, don tashuvchi avtomobil va traktor xaydovchilaridan bugungi kunda jami 221 ta tilxatlar olindi. Bulardan 48 ta kombayn operatorlaridan, 52 ta don tashuvchi avtomobil xaydovchilaridan hamda g‘alla yetishtiruvchi fermerlar va ishchi xizmatchilardan olindi.

Hurmatli rahbarlar, g‘allakor dehkonlar, va aziz hamyurtlar! Yuqorida aytib o‘tilgan qoidalargi oddiygina yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal kilsak, g‘alla o‘rim yig‘im mavsumida yetishtirilgan mo‘l hosilni talofatsiz nes-nobud qilmay yig‘ishtirib olishga, o‘rilgan g‘alla maydonlarni yong‘in talofatisiz keyingi mavsumga tayyorlashga hamda kelajakda ham mo‘l hosil olishga erishgan bo‘lar edik.

 

Zarbdor tuman FVB boshlig‘i o‘rinbosari

kapitan S.J.Xolmuradov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар