Odam savdosi XX1 asrda terrorizm, narkotrafik kabi global muommaga aylanib, butun dunyo buylab keng tarkalgan jinoyatlardan biriga aylanib bormokda. Shu sababli bu jinoyat milliy konunchilik doirasidan allakachon chetga chikib xalkaro xukukning dolzarb masalalari ichidan o‘rin olmoqda.
Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda butun dunyoda insonlarni kamsitish, ularning huquqlarini tan olmaslik, odam savdosi kabi jinoyatlar ko‘payib borayotganligi barchamizni tashvishga solmoqda.
Bunga birgina misol sifatida, xalqaro ekspertlarning ma’lumotlariga qaraganda, Dunyo miqyosida har yili 4,5 milliondan ziyod kishi odam savdosi qurboni bo‘ladi. Achinarlisi, ularning 1,2 milliondan ziyodi bolalardir[1].
Inson huquqlarini tahqirlovchi hatti-xarakatlar, shu jumladan fuqarolarni majburiy mehnatga jalb qilish xalqaro hamjamiyat tomonidan qabih ishlar qatorida e’tirof etilib, ularni taqiqlashga oid bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu borada xalqaro hamkorlikning ifodasi sifatida bir qator xalqaro hujjatlar qabul qilindi. Shular orasida quyidagicha eng nufuzli va universal xalqaro hujjatlarni keltirish joiz:
Universal xalqaro hujjatlar qatoriga o‘ttizga yaqin hujjat kirib, yuqorida keltirilgan ro‘yxatdagi hujjatlar ularning eng dolzarblari sanaladi.
Ularni universal deb atalishi sababi, ularda barcha masalalar o‘zining tugal darajadagi javobini hamda yechimini topgan bo‘lib, har bir hujjat uzoq davom etgan xalqaro muhokamadan so‘ng qabul qilingani, har biri o‘zida jahon boy tajribasini aks ettirgani uchun va nihoyat, har biri barqaror hukm surib kelgani uchun nufuzlidir[2].
Odam savdosining rasmiy ta’rifi bu soxaga oid xalqaro huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan.
1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasida, shuningdek, boshqa bir qator xalqaro huquqiy hujjatlarda hamda mamlakatimiz milliy qonunchilik normalarida hamma insonlar o‘z qadr-qimmati va huquqlarida erkin va teng bo‘lib tug‘iladilar, deb mustahkamlangan.
Shuningdek, odam savdosiga qarshi kurash borasida qabul qilingan quyidagi xalqaro hujjatlarni sanab o‘tish mumkin:
2003 yilda O‘zbekiston yuqorida qayd etilgan BMTning 1949 yilgi Konvensiyasiga qo‘shildi, 2008 yilda esa BMTning transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasini to‘ldiruvchi Odam savdosi, ayniqsa ayollar va bolalar savdosining oldini olish, bartaraf qilish va buning uchun javobgarlik to‘g‘risidagi Bayonnomani[3] tasdiqlab, aholini ogohlantirish, jabrlanuvchilarni himoya qilish va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish va ularni qo‘llab-quvvatlash orqali odam savdosining oldini olish va barataf qilish majburiyatini oldi);
Odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha milliy qonunchiligimizdagi quyidagi huquqiy hujjatlarni ko‘rsatish mumkin :
Mazkur normativ-huquqiy hujjatda mustahkamlab qo‘yilganidek, odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari, jumladan, IIV, Milliy xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, Sog‘liqni saqlash vazirligining shu yo‘nalishdagi faoliyatlari respublika va hududlardagi Idoralararo kommisiyalar tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi.
Shuningdek, mustaqillik yillarida xorijiy davlatlar bilan uyushgan jinoyatchilik (shu jumladan, odam savdosi)ning xavfli ko‘rinishlariga qarshi kurash haqida 29 ta shartnoma va kelishuvlar imzolangan[6].
Odam savdosi yuqorida aytib o‘tilgan xalqaro va milliy huquqiy normalar (insonning erkinligi, tengligi, shaxsiy daxlsizligi)ga zarar yetkazadi.
Xulosa sifatida shuni aytish lozimki, bugungi kunda odam savdosiga qarshi kurashish va bunday noxush voqealarni oldini olish global ahamiyat kasb etmoqda. Barcha davlatlarning o‘zaro hamkorligiga ehtiyoj tug‘dirib, bu borada davlatlararo va xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro mustahkam hamkorlik o‘rnatish hamda kuchlarni birlashtirish lozimligini taqazo etmoqda. Bu borada odam savdosiga qarshi kurashning xalqaro va milliy qonunchilik normalarida qonuniy tartibga solinishi shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilishning samarali vositasi hisoblanadi.
Sh.X.Mirzaaxmedov
Jinoyat ishlari bo'yicha Zarbdor tuman sudining raisi
[2] Fayziyev F., Fayziyev M. Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi. – Toshkent: “NORI”, 1998. – 9 b.
[3]O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi “BMTning transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasini to‘ldiruvchi Odam savdosi, ayniqsa ayollar va bolalar savdosining oldini olish, bartaraf qilish va buning uchun javobgarlik to‘g‘risidagi Bayonnomani (Nyu-York, 2000-yil 15-noyabr) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi № 160 sonli Qonuni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari Axborotnomasi, 2008-yil № 7, B-351.
[4]«O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari to‘plami», 2008, 16-son, 118-bet.
[5] «O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari to‘plami», 2008, 28-son, 268-bet.
[6]Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha halqaro shartnomalar va O‘zbekiston milliy qonunchiligi Toshkent “O‘zbekiston” 2013 B-16