O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni 2022-yil 9-sentabrdan kuchga kirdi
O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni 2022-yil 9-sentabrdan kuchga kirdi
Qonun 2022-yil 7-iyunda qabul qilingan (O‘RQ 776-son)
Qonunning maqsadi:
Reklamani tayyorlash, joylashtirish va tarqatish sohasidagi munogsabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonunning amal qilish sohasi:
Qonunning amal qilishi reklama tayyorlangan joydan qat’i nazar, agar mazkur reklama O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanishga va tarqatishga qaratilgan bo‘lsa, reklamaning aylanishi sohasidagi barcha munosabatlarga nisbatan tadbiq etiladi.
Qonun saylovoldi tashviqoti materiallariga, yetkazilishi majburiy bo‘lgan axborotga va maqsadi tovarni bozorda ilgari surish bo‘lmagansinov natijalariga nisbatan tadbiq etilmaydi.
Reklamaning tili:
Respublika hududida reklama davlat tilida tarqatiladi. Shu bilan birga, ayrim talablarga rioya etgan holda reklama mazmunining tarjimasi boshqa tilda takrorlanishi mumkin.
Bunda, reklamaning boshqa tildagi tarjimasi matni harfining o‘lchami davlat tilidagi matn harfining o‘lchamidan kichik bo‘lishi, tashqi reklamada umumiy reklama maydonining 40 foizdan oshmasligi, tele-, radiokanallarda, bosma nashrlarda reklamaning boshqa tildagi tarjimasi har kungi umumiy reklama hajmining 20 foizdan oshmasligi kerak.
Belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan Tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari), bosma usulda terilgan bo‘g‘inli belgilar (logotiplar) asli qaysi tilda bo‘lsa, shu tilda keltirilishi mumkin.
Eslatma: Qonun talablarini buzganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravaridan 100 baravarigacha jarima solishga sabab bo'lishi mumkin.
Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati