Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Zarbdor tumanida joylarda sektor rahbarlari ishtirokida aholi va yoshlar bilan uchrashuvlari natijadorligi bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Zarbdor tumanida joylarda sektor rahbarlari ishtirokida aholi va yoshlar bilan uchrashuvlari natijadorligi bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

20 январь 2023 йил
236
0

Matbuot anjumanida mahalliy OAV va blogerlar ishtirok etdi.

Muhtaram yurtboshimiz tomonidan har bir sektor rahbari tomonidan yoshlar va aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazish, qabullarni aholi zich yashaydigan joylarda tashkil etish, yoshlar yetakchilarini o‘z qanotiga olib, tajribasini oshirish, xalq bilan muloqotga o‘rgatish vazifasi ham kun tartibiga qo‘yildi.

Tumanimizda kelajagimiz vorislarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, himoya qilish va kafolatlash borasida aniq manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ochiq muloqotlarda, yuzma-yuz suhbatlarda yoshlarning ish bilan bandligi, uy-joy ta’minoti, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ta’lim olishga va kasb o‘rganishga bo‘lgan talablarini qanoatlantirish choralari ko‘rilmoqda.

Uchrashuvlarni viloyatning eng olis va chegara hududlarida, birinchi navbatda uyushmagan yoshlar ishtirokida tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Joylarda yoshlar bilan suhbatlar davomida ularning 29 nafari to‘qimachilik sanoati yo‘nalishida, 42 nafari qurilish va 300 nafari qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritish istagini bildirdilar. Eng muhim jihat – tumandagi ko‘plab yoshlar tadbirkorlik faoliyatini boshlash niyatida ekanligi ma’lum bo‘ldi. O‘ziga ma’qul kasb-hunarni, aytaylik, nonvoy, sartarosh, kosib, chilangar va boshqa yo‘nalishlarni egallamoqchiligini 184 nafar yoshlar bildirdilar.

Bu raqamlar zamirida el-yurt ishiga kamarbastalik, xonadonlar daromadini, oila byudjetini mustahkamlashdek xayrli niyatlar yotganligini sezish qiyin emas. Demak, muammolarni hal etish o‘z-o‘zidan islohotlar rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi amalda isbotini topmoqda.

Shu jihatdan, uchrashuvlarda hududdagi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, hududda ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar va yoshlar tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish uchun mavjud imkoniyatlar haqida tuman rahbarlari va soha vakillari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot asosida ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Tashkil etilgan uchrashuvlar davomida unda ishtirok etgan yoshlar tumandagi “Bo‘ston” va “Zarbdor tekstil” trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Shu korxonada ishlash istagini bildirgan 56 nafar yosh jamoada mehnat faoliyatini boshlaydigan bo‘ldi. 

Shuningdek, tadbirlar davomida ko‘plab yoshlar va ishsiz aholiga o‘zini o‘zi band subsidiya asosida tikuv mashinalari, haydov kultuvatorlari, qandolatchilik uskunalari,  yoshlarga dehqonchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun er maydoni ajratilishi va imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishi belgilandi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan xalqchil va ijtimoiy muxofazaga asoslangan islohotlarning zamirida bugun xalq farovonligini yuksaltirish, turmush sharoitini yaxshilash mujassam. Keyingi yillarda  aholi, ayniqsa ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan fuqarolarga ko‘maklashish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar buning isbotidir.

Jumladan, shu maqsadda tashkil qilingan yoshlar, temir va ayollar daftari mana shunday insonlar uchun haqiqiy imkoniyat bo‘lmoqda.

“Yoshlar” va  “Temir” daftarga kiritilgan fuqarolarga ham mana shunday imkoniyat berildi. Bugun ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar uchun berilayotgan e’tibor va yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida so‘z yuritdilar va fuqarolar bu imkoniyatdan unumli foydalanishlari, shu orqali daromad topib oilalarining moddiy sharoitlarini yaxshilashlari ko‘rsatib o‘tildi.

Matbuot anjumani so‘nggida mahalliy jurnalistlar va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 

Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар