Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Zarbdor tumani hokimligida Mudofaa ishlar bo‘limi bilan harbiy xizmatga yuboriluvchi va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Zarbdor tumani hokimligida Mudofaa ishlar bo‘limi bilan harbiy xizmatga yuboriluvchi va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

06 февраль 2023 йил
237
0

Uchrshuivda Jizzax viloyati mudofaa ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tarbiyaviy va ma’naviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik U.Yusupov mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, harbiy hisob bo‘limi boshliqlari, tibbiy komissiya shifokorlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari CHQBT rahbarlari, chaqiriluvchilar va ularning ota-onalari hamda Jizzax harbiy prokurorining o‘rinbosari adliya podpolkovnigi F.I.Djumayev, tuman hokimi o‘rinbosari R.Anqayev, mahalla va nuroniylarni qo‘lab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘I T.Qodirovlar ishtirok etishdi. 


Uchrashuv davomida Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish, muddatli va SCHR harbiy xizmatiga yuborish va jalb qilish davrida korupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari mavzusida suhbat o‘tkazildi.

Jizzax viloyati mudofaa ishlar boshqarmasi boshlig‘ining TvaM ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik U.YUsupov so‘zga chiqib Oliy harbiy bilim yurtlariga o‘qishga kirishda, Muddatli va SCHR harbiy xizmatiga yuborish va jalb qilish davrida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini olib borishni, bu tadbirga hamma birdek qatnashishni davat etdi.

Agarda ushbu masalalar bo‘yicha biron bir joyda muammo  bo‘lsa yoki kimdir ushbu masalalar bo‘yicha yordam berishni va’da qilsa zudlik bilan ishonch telefonlariga murojat qilishni ta’kidlab o‘tdi.

Undan tashqari Oliy harbiy bilim yurtlariga o‘qishga kirishda, Muddatli va SCHR harbiy xizmatiga yuborish va jalb qilish bo‘yicha boshqaruv hujjatlari bilan tanishtirirdi va tushuntirib berdi.

Jizzax harbiy prokurorining o‘rinbosari adliya podpolkovnigi F.I.Djumaev so‘zga chiqib yig‘ilish qatnashchilarini korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Jizzax garnizoni harbiy prokuraturasi tomonidan olib borilgan chora-tadbirlar bo‘yicha tanishtirib o‘tdi. Oliy harbiy bilim yurtlariga o‘qishga kirishda, Muddatli va SCHR harbiy xizmatiga yuborish va jalb qilish bo‘yicha va boshqa masala bo‘yicha fuqarolar tomonidan harbiy prokuraturaga ariza va shikoyat kelib tushsa yoki murojaat qilinsa harbiy prokuratura zudlik bilan chora ko‘rilishi haqida hammani ogohlantirdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksiningg tegishli moddalarini yig‘ilish qatnashchilariga etkazdi.

Zarbdor tumani hokimining o‘rinbosari R.Anqaev so‘zga chiqib fuqarolarni muddatli va SCHR harbiy xizmatiga yuborish bo‘yicha  yig‘ilish qatnashchilariga  tumanimizda olib borilayotgan tadbirlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, harbiy hisob bo‘limi boshliqlari, tibbiy komissiya shifokorlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari CHQBT rahbarlari, chaqiriluvchilar va ularning ota-onalariga chaqiruv davrida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari kuchaytirilishini barcha ogoh bo‘lishini hamda biron bir holat bo‘lib qolsa pushaymon bo‘lib yurmaslikni ta’kidlab o‘tdi hamda ogohlantirdi.

Fuqarolarni xoxish istagi bo‘yicha muddatli va SCHR eizmatiga jalb qilishimiz kerak, bu yil inson qadrini himoyalashimiz kerak deb aytib o‘tdi.

Zarbdor tumani mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash markazi boshlig‘i T.Qodiroov so‘zga chiqib yig‘ilish qatnashchilariga bu yilgi chaqiruv mavsumini shaffof va sidqildan bir tan bir jon bo‘lib o‘tkazish borasida so‘z yuritdi. 

Yig‘ilish qatnashchilarini poraxo‘rlik va boshqa jinoyatlarga aralashmaslikni ularni oldini olishni, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qattiq chora tadbirlar ishlab chiqishni bu masalada tuman hokimligi va tumandagi barcha tashkilotlar birgalikda va hamkorlikda harakat qilishni ta’kidlab o‘tdi.

Yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар