Zarbdor tuman hokimi va sektor rahbarlari "Oltin vodiy" madaniyat saroyida tuman madaniyat bo'limi xodimlari bilan uchrashdi.
2023-yil 22-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi hamda madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan uchrashuvida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Zarbdor tuman hokimi va sektor rahbarlari "Oltin vodiy" madaniyat saroyida tuman madaniyat bo'limi xodimlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat, san’at va ijod sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar hamda ularning bugungi kundagi muammolari tinglandi. Ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat, san’at va ijod sohalarini rivojlantirish borasida tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)