YOSHLARGA YER AJRATISH ORQALI ULARNING DAROMADLARI OSHIRILADI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi PQ-153 sonli Qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq;
- tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qo‘yilib, dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun ustuvor ravishda yoshlarga ijaraga beriladi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha bo‘lgan zanjirni qamrab oluvchi yangi tizim joriy etiladi,
- yer maydonini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn auksion savdolari “Ye-auksion” elektron savdo platformasi orqali “mahalla yettiligi” ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan ro‘yxatga kiritilgan yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladi,
- yer maydonlarini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn auksion savdolari g‘oliblariga yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi;
-zakalat puli bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida belgilanadi;
-sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko‘katlar, makkajo‘xori doni, dukkakli va moyli ekinlar yetishtirishga sug‘oriladigan ekin maydonlari;
bog‘dorchilik-uzumchilik yo‘nalishlari uchun ko‘p yillik daraxtzorlar yoki samarasiz bog‘lar yer maydonlari;
dorivor o‘simliklar yetishtirish, chorvachilik yo‘nalishlari uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirishga mo‘ljallangan, lalmi, bo‘z, yaylov va yangi o‘zlashtirilgan yer maydonlari 30 yil muddatgacha kichik lotlarda “bir massiv - bir mahsulot” tamoyili asosida ijaraga beriladi.
Bunda, elektron onlayn auksion savdolarida 1 nafar talabgor ishtirok etgan taqdirda, istisno tariqasida, auksion o‘tkazilgan hisoblanadi hamda ushbu imtiyozli shartlar asosida o‘tkaziladigan auksion savdolarida yoshlarga yer maydonini faqat bir marotaba ijaraga olishga ruxsat beriladi.
F.Murodov
“Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish”
AJ Jizzax viloyati vakili