Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » O‘ZBEKISTONDA 2024-YILDAN KICHIK BIZNES UCHUN HAR BIR TADBIRKORGA 1,5 MLRD SO‘MGACHA IMTIYOZLI KREDITLAR AJRATILADI

O‘ZBEKISTONDA 2024-YILDAN KICHIK BIZNES UCHUN HAR BIR TADBIRKORGA 1,5 MLRD SO‘MGACHA IMTIYOZLI KREDITLAR AJRATILADI

08 июнь 2024 йил
144
0

Prezident qarori bilan O‘zbekistonda Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi amalga oshiriladi. Hujjatda tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartiblari aks etgan. 

Qarorga binoan, 2024-yil 1-yanvardan boshlab oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar 3 yilgacha muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada ajratiladi.

Kichik biznes uchun 1,5 milliard so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi. 

Xususan, 100 million so‘mgacha garovsiz kreditlar 24 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oygacha ajratiladi. 150 million so‘mgacha garov talabi pasaytirilgan revolver kreditlar ochiq kredit liniyasi asosida har 12 oyda so‘ndirish sharti bilan 36 oygacha beriladi.

Shu bilan birga, 1 milliard so‘mgacha kreditlar asosiy vositalarni sotib olish uchun 24 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oygacha ajratiladi. 1,5 milliard so‘mgacha kreditlar asosiy vositalarni sotib olish uchun 24 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oygacha beriladi.

1,5 milliard so‘mgacha lizing xizmatlari ko‘rsatish yo‘nalishida asbob-uskunalar, texnologik jihozlar va maxsus texnikalarni sotib olish uchun 24 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oygacha amalga oshiriladi.

1,5 milliard so‘mgacha foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan qarzga asosiy vosita olib berish yo‘nalishida asbob uskunalar, texnologik jihozlar va maxsus texnikalarni sotib olish uchun 24 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oygacha amalga oshiriladi.

Qolaversa, 2 milliard so‘mgacha grant mablag‘lari tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi bo‘lgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan kichik tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladi. Bunda mablag‘lar innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, yuqori texnologik startap loyihalarga davlat ilmiy dasturlari doirasida ajratib boriladi.

Qarorda belgilanganki, Biznesni rivojlantirish bankining ustav kapitali 2023-yil 1-oktyabrdan 2024-yil yakunigacha bosqichma-bosqich 3 trillion so‘mga yetkaziladi. Bugungi kunda bank ustav kapitali 1,86 trillion so‘mni tashkil etadi.

Jinoyat ishlari bo’yicha Zarbdor tuman sud raisi

Q.Q.Mamaraximov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар