“Sog'lom ona – sog'lom oila” shiori ostida onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash maqsadida tibbiy ko'rik va sport musobaqasi o'tkazildi
Joriy yil 26-iyun kuni Zarbdor tumanidagi "Shodlik" MFYga qarashli Bo'ston Oilaviy poliklinikasida O‘zXDP tuman Kengashi deputatlik guruhi tashabbusi bilan hududdagi aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, kasalliklarni erta bosqichda aniqlab, sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish va yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida aholi, bolalar hamda xotin-qizlar tibbiy ko‘rikdan o'tkazildi.
“Sog'lom ona – sog'lom oila” shiori ostida onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlar orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, ularning tibbiy madaniyatini oshirishda tibbiy ko'rik va sport musobaqalari tashkil etildi.
Terapevt, kardiolog, LOR, dermatolog, ginekolog, UZI, pediatr kabi mutaxassislar tomonidan 60 nafardan ziyod aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shundan 7 nafar fuqaroga bepul dori-darmonlar tarqatildi. Kasalligi aniqlangan 2 nafar shaxsga statsionar, 7 nafariga ambulator sharoitda davolanishlari uchun tavsiyalar berildi.
O'zXDP tuman Kengashi deputatlik guruhi rahbari Nilufar Allamuratova aholiga yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, jamiyatda xotin-qizlarning oʻrni, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasidagi keng koʻlamli ishlar haqida tunshunchalar berib o'tdi. Sogʻlom bolani voyaga yetkazish uchun oilada xotin-qizlarning oʻrni va rolini kuchaytirish, mustahkam va sogʻlom oilalar sonini koʻpaytirish kerakligi alohida ta'kidlandi.Oilasida kasallagi bor bemorlarga dori-darmonlar ham tarqatildi. Deputat tomonidan ayollarning murojaatlari ham oʻrganildi.Tadbir soʻngida sport musobaqalarida faol ishtirok etgan ishtirokchilar O'zbekiston Xalq demokratik partiyasining estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Tadbir O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi Jizzax viloyat Kengashi , Zarbdor tuman tibbiyot birlashmasi va Zarbdor tuman Boʻston oilaviy poliklinikasi hamkorligida o'tkazildi.
Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik
masalalari bo'yicha doimiy komissiya raisi
N.Allamuratova