Zarbdor tumani Toshkent shahrining Chilonzor tumani bilan hamkorlik qiladi.
Davlatimiz rahbarining shu yil 27 iyun kuni Jizzax viloyatiga tashrifida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qator topshiriqlar bergan edi.
Unga ko‘ra Toshkent shahri tumanlari hududning o‘sish nuqtalarini va xom ashyo zaxiralarini inobatga olgan holda istiqbolli investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun Jizzax viloyati tumanlariga biriktirilgan.
Bu bo‘yicha Zarbdor tumani Toshkent shahrining Chilonzor tumani bilan hamkorlik qiladi.
Bugun Zarbdor tumani hokimligi vakillari hamda bir guruh ilg‘or tadbirkorlardan iborat delegatsiya Zarbdor tumanida bo‘lishdi.
Ular tumanning ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlari, bo‘sh turgan obyektlar bilan tanishdi.
Chilonzor tumani tajribasidan kelib chiqqan holda Zarbdor tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ko‘maklashish uchun chora- tadbir ishlab chiqiladi.