UYMA-UY YURISH TIZIMI - MUAMMOLAR YECHIMINING SAMARALI USULI
«Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak», Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning el-yurtimiz qalbi va ongidan chuqur joy olgan bu so‘zlari bugun mamlakatimizda barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarish va islohotlarni harakatlantiruvchi qudratli kuchga, ta’bir joiz bo‘lsa, ularning g‘oyaviy o‘zagiga aylandi. Xalqimizning hayotiy talab va ehtiyojlarini ta’minlash, odamlarimizni rozi qilish yo‘lidagi zalvorli ishlar aynan ana shunday ezgu va hayotbaxsh g‘oyalar asosida olib borilib, tobora yangi ma’no va mazmun bilan boyib bormoqda.
Shu jumladan, Zarbdor tumani 1-sektor hududidagi Ravot MFYda sektor rahbari, tuman hokimi Z.Ruziyev boshchiligida ishchi guruh a’zolari mahalla hududidagi xonadonlarda uyma-uy yurib aholining muammolari o‘rganilib, ularni hal etish borasida tizimli va amaliy ishlar olib borilmoqda.