Tuman prokurori ota-onalar bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-avgustdagi 666-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Zarbdor tumani MMTBga qarashli 3- umumiy o‘rta ta’lim maktabida ota-onalar va tuman prokurori R.Masharipov, hokim o‘rinbosari R.Anqaev, tuman hokimining diniy masalalar bo‘yicha maslahatchisi I.Hosilbekovlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda bugungi kunda O‘zbekistonda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish, ota-onalarning farzand tarbiyasida mas’uliyatini oshirish, davlatimiz rahbari tomonidan chiqarilayotgan qaror va farmonlarning ijrosini ta’minlashda, o‘quvchi yoshlarning o‘qishi, kiyinish madaniyati, maktabda ta’lim-tarbiya olishida ota-onalarning roli muhim ekanligi ta’kidlab o‘tildi.