Zarbdor tumani hokimi Zafar Ruziyev "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida o'ziga biriktirilgan oilalar sharoitini o'rgandi.
Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 11-sentabr kunida bo‘lib o‘tgan “Mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, kambag‘al oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi video selektorida aholini kambag‘allikdan chiqarish va ularning bandligini ta'minlash borasida bir qator topshiriqlar belgilab berilgan edi.
Mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan tuman hokimi Zafar Ruziyev, O'zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo'limi T.Qodirov, Nuroniylar kengashi raisi A.Azimov hamda mahalla yettiligi bilan birgalikda Ravot mahallasidagi ushbu toifaga kiruvchi oilalar sharoiti o‘rganilib, har bir oilani kambag‘allikdan chiqarish maqsadida, ishga joylash va tadbirkorlik boshlashiga ko‘maklashish, sog‘lig'ini tiklash bo‘yicha uzoq va qisqa muddatli individual dastur ishlab chiqildi.