Zarbdor tumanida 2025-yil hosili uchun kuzgi shudgorlash ishlarining borishi nazoratda
Xalqimiz orasida “Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda” degan naql bor va bu bejizga aytilmagan. Qishloq xo‘jaligida mo‘l hosil yetishtirishda kuzgi shudgorlashning ahamiyati juda katta. O‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilgan shudgor kelgusi yil hosiliga puxta zamin yaratadi.
Tumanda 2025-yil hosili uchun 19 ming 135 ming gektar maydonda kuzgi shudgorlash ishlari amalga oshirilishi belgilandi. Joriy yilda shudgorlash mavsumiga 45 ta haydov traktorlari jalb qilingan bo‘lib, barchasi yuqori unumli haydov traktorlari tashkil etadi. “O‘zagroinspeksiya” tomonidan ushbu tadbirni joylarda sifatli o‘tkazilishi yuzasidan mavsum davomida nazorat tadbirlari o‘tkazilib borildi.
Bunda avvalam bor, shudgorlash sifatiga, shuningdek belgilangan chuqurlikda, dala boshi va oxiri haydalganligiga va har bir konturning to‘rtburchak, yaʼni “konvert” qilib, simyog‘och va daraxtlar atrofini to‘liq shudgorlanishiga eʼtibor qaratildi.
“O‘zagroinspeksiya” tomonidan mavsum boshidan buyon shudgorlash ishlarining sifatli o‘tkazilishi yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Nazorat tadbirlari davomida hududlarda 927 ta fermer xo‘jaliklarining 1 ming 622 gektar yer maydonlarida to‘liq kontur hosil qilmasdan, sifatsiz yoki belgilangan chuqurlikda shudgor qilinmaganligi aniqlandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan, soha masʼullarga 5 ta taqdimnomalar va 933 ta ogohlantirishlar berildi.
“O‘zagroinspeksiya” tomonidan hududlarda hududlarda shudgorlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi yuzasidan mavsum davomida doimiy nazoratga olib borilishini taʼminlaydi.
“O‘zagroinspeksiya”ning Zarbdor tuman
Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlarni
o‘tkazilishini nazorat qilish bo`limi