Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

17 декабрь 2024 йил
31
0

Sudlarning odil sudlovni ta’minlash, inson huquqlarini himoya qilish va sud faoliyatining ochiqligi va shaffofligi yuzasidan joylarda sayyor sudlar tashkil qilishi mumkin. Shunga ko‘ra, joriy yilning  17 dekabr kuni OATB Agrobank Zarbdor  tuman filiali binosida bank xodimlari va tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X.Madatov tomonidan Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati yuzasida davra suxbati tashkil etildi.

Jumladan, Yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiya O‘zbekiston jamiyatining evolyusion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo‘lib, bu ish mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g‘oyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadamligi haqida ta’kidladi.

Xususan, Konstitutsiyada O‘zbekiston – suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekani qat’iy belgilab qo‘yilgan.

Kuchli ijtimoiy himoya va muhtojlarga g‘amxo‘rlik – davlat siyosatining muhim yo‘nalishi bo‘lib bo‘lmoqda.

Tariximizda ilk bora O‘zbekiston – ijtimoiy davlat, deb belgilandi. Ya’ni, insonga e’tibor hamda g‘amxo‘rlik – davlat va jamiyatning eng asosiy burchi ekani mustahkamlandi.

Konstitutsiyada kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish bo‘yicha davlat o‘ziga qator yangi majburiyatlar olmoqda. Umuman davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan bog‘liq Konstitutsiyadagi normalar 3 barobar ko‘paytirilganligini ta’kidlasak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Konstitutsiyada har kimning uy-joyli bo‘lish huquqi belgilangan. Ushbu normaning amal qilishi har bir fuqaro, jumladan, yosh oilalarning o‘z boshpanasiga ega bo‘lishini ta’minlab, kishilarning hayotdan rozilik darajasini oshiradi.

Bundan tashqari, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda

uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda (bozor qiymatida) qoplanishi ta’minlanishi kafolatlandi.

Aholi kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlardan foydalanishi mumkinligi ham belgilangan. Umuman, Konstitutsiyada aholi salomatligini asrash bilan bog‘liq normalar 4 barobar ko‘paytirilgan. Bu aholi sog‘lig‘ini ishonchli muhofaza etish hamda onalar va bolalar o‘limi, yuqumli kasalliklar tahdidini bartaraf etishda juda muhim ahamiyatga egaligini bildiradi..

Shuningdek, Ijtimoiy davlatga xos yondashuvlar ta’lim sohasiga oid ko‘plab modda va normalarda ham o‘z ifodasini topmoqda. Ta’lim va ilm-fanga oid normalar qariyb 2 barobarga oshirilganligi haqida so‘z yuritdi.

Davra suxbati davomida sud raisi tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 30 sentabrdagi “Ayrim qonun hujjatlariga sudlarda ishlarni ko‘rishda prokurorning vakolatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 968-sonli Qonunning
mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.

Bundan tashqari, ushbu Qonunning qabul qilinishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksiga davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida prokurorning yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki, davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash va davlat budjetidan undiruvlar bilan bog‘liq ishlarda ishtirok etish huquqini, shuningdek davlat manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat qilish huquqini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksiga prokurorning yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki bilan bog‘liq ishlarda, atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, davlat budjetidan undiruvlar, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish, xususiy mulk sifatida egalik qilish va undan foydalanish faktini aniqlash, bojxona to‘lovlarini undirish bilan bog‘liq ishlarda ishtirok etishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilayotganligi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

 

Shu bilan birga, tadbir davomida Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X.Madatov tomonidan  O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 29 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kredit majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish hamda aholining mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi 914-sonli Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan ham qisqacha tushuntirishlar berib o‘tdi.

O‘tkazilgan davra suxbatida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga sud raisi tomonidan batafsil javoblar berib o‘tildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар