Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Zarbdor tumanida 1 ming 858 gektar maydonga noyabr-dekabr oylarida toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlari ekilishi belgilandi.

Zarbdor tumanida 1 ming 858 gektar maydonga noyabr-dekabr oylarida toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlari ekilishi belgilandi.

25 декабрь 2024 йил
11
0

Mamlakatimizda soʻnggi yillarda fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa er egalariga Prezidentimiz tomonidan koʻplab Farmon va qarorlar qabul qilinib, buning natijasida joylarda ulkan yutuqlarga erishildi.

 Jumladan, agrar tarmoqda ishlab chiqarish hajmi ikki barobar oshdi. Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy holatini barqaror rivojlantirish, fuqarolarning sogʻligi va hayotini yaxshilashning asosiy yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Yangi Oʻzbekistonning 2022 — 2026 yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasida ham ushbu sohani keyingi  yillarda jadal rivojlantirish istiqbollari belgilab berildi. Qishloq xoʻjaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xoʻjaligining yillik oʻsishini kamida 5 foizga etkazish vazifasi mustahkamlandi. Aslida buning zamirida Siz va bizning fidoyiligimiz orqali mamlakatimizning iqtisodiyotiga hissa qoʻshishdir. Shu muqaddas zaminda tavallud va tarbiya topgan, oʻzini aynan shu yurt farzandi deb bilguvchi inson oʻz davlati, xalqi oldidagi, uni umidlar bilan tarbiyalagan, voyaga etkazgan jamiyat oldidagi burchini ado etishi kerakdir. Mamlakatimiz aholisini yil oʻn ikki oy vitaminga boy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan ta'minlash, xalqimiz dasturxoniga etkazish, bozorlarimizda narx-navo oshib ketishining oldini olish eng asosiy vazifamiz ekanligini unutmasligimiz zarur. Xalqimizda “Toʻqsonda sugʻorsang, toʻqson botmon hosil olasan”, degan purma'no naql bor. Bunda qishning toʻqson kuni nazarda tutilgan. Bu naql bejiz aytilmagan, negaki mutaxassislarning ta'kidlashicha, kuzda ekilib, qor ostida qoldirilgan sabzavot ekinlari urugʻlari erta koʻklamda erdan juda barvaqt unib chiqib, tez rivojlanishi hisobiga erta hosil beradi. Erta bahorda esa mahsulotning bozori chaqqon boʻlishi sir emas. Dehqonchilikning toʻqsonbosti usuli yaxshigina daromad manbai boʻlish bilan birga, aholining ertangi sabzavot mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirish imkonini beradi. Natijada qish va bahor oylarida ham bozorlarimiz toʻkin-sochin, narx-navo barqaror boʻladi. Joriy yilda, Zarbdor tumanida jami boʻlib 1 ming 858 gektar maydonga noyabr-dekabr oylarida Toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlari ekilishi belgilandi. Barcha toifa xoʻjaliklarida Toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlari ekilib, zarur agrotexnik tadbirlar amalga oshirilayotgan boʻlsa, bugungi kunda 1 ming 685 gektar maydonga Toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlari (piyoz, sabzi, koʻkatlar, karam va osh lavlagi)ni ekish ishlari amalga oshirildi. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Zarbdor tuman boʻlimi tomonidan aholi tomorqalarida, fermerlar va qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan ekish ishlarining borishi, urugʻliklar, moddiy-texnik resurslarning oʻz vaqtida etkazib berilishi kabi masalalar joyida oʻrganilib, bu boradagi tadbirlarni samarali tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.Tumanning tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda ochiq maydonlarga va bogʻ-tok qator oralariga Toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini navlar boʻyicha joylashtirish, ekish va parvarishlash boʻyicha koʻrsatmalar berib borilmoqda. Hozirda inspeksiyaning tuman boʻlimi tomonidan doimiy va kunlik nazorat oʻrnatilib, Toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlari ekish ishlari nazoratga olingan.

“O‘zagroinspeksiya”ning Zarbdor tuman

Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlarni

o‘tkazilishini nazorat qilish bo`limi

bosh mutaxassisi Sh.Sattarov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар