Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Zarbdor: g‘alla parvarishida o‘tkazilayotgan barcha agrotexnik tadbirlar Inspeksiya nazoratida

Zarbdor: g‘alla parvarishida o‘tkazilayotgan barcha agrotexnik tadbirlar Inspeksiya nazoratida

25 декабрь 2021 йил
379
0

2022 yilda g‘alladan gektariga 60-70 sentnerdan oshirib hosil yetishtirish uchun astoydil bel bog‘lagan Zarbdorlik tajribali dehqonlar dastavval yerni “To‘ydirish”ga alohida eʼtibor qaratmoqda. Bunda, g‘alla ekinlarini mineral va mahalliy o‘g‘itlar bilan oziqlantirish muhim ahamiyatga ega.

Zarbdorda 2022 yil hosili uchun 16 ming 300 gektar yer maydoniga ekilgan boshoqli don ekinlari uchun mahalliy o‘g‘it jamg‘arish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. G‘alla parvarishida belgilangan agrotexnik tadbirlar rejasiga ko‘ra, har gektar yerga 3 tonnadan jami, 48 ming 900 tonna mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, har 5 gektarga 1 tadan jami 16 ming 300 ta hosil xandaqlari qazish rejalashtirilgan.

Mazkur agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Zarbdor tuman bo‘limi tomonidan doimiy ravishda monitoring tadbirlari o‘tkazilmoqda.Taʼbir joiz bo‘lsa taʼkidlash lozimki, kelgusi yilda g‘alladan mo‘l hosil yetishtirilib, dehqonlarimizning yuzi yorug‘ bo‘lishi mazkur agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishiga bog‘liq.

Ammo, o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida g‘alla parvarishida belgilangan agrotexnik tadbirlarga jiddiy eʼtibor qaratmasdan ko‘plab kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotgan fermer xo‘jaliklari hamon uchramoqda.

Xususan, Agroinspeksiyaning tuman bo‘limi sohaviy inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan monitoringda tumanidagi ayrim fermer xo‘jaligi tomonidan 2022 yil hosili uchun ekilgan g‘alla maydonini sharbat usulida sug‘orish uchun mahalliy o‘g‘it jamg‘arilmagani, hosil xandak qazish ishlariga kirishilmaganligi, dala atrofi xas-xashakdan tozalanmaganligi maʼlum bo‘ldi.

 Bundan tashqari, g‘allani qarovsiz ahvolga tashlab qo‘yib, belgilangan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarmasdan kelayotgan,  fermer xo‘jaliklarida g‘allani ahvolini tubdan yaxshilash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Shu maqsadda, Inspeksiyaning Zarbdor tuman bo‘limi tomonidan g‘alla parvarishida belgilangan agrotexnik tadbirlarni muddatidan kechiktirib, sifatsiz o‘tkazgan g‘allachilik klasteri va fermer xo‘jaliklari rahbarlariga Inspeksiyaning vakolati doirasida tegishli ogohlantirishlar, bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi va doimiy nazoratga olindi.

Inspeksiyaning Zarbdor tuman

bolimi boshligT.Djurayev

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар