Jinoyat ishlari bo'yicha Zarbdor tuman sudi raisi Mirzaaxmedov Shohruh Xidirboyevich Zarbdor tumani Yoshlik mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan uchrashdi
Jinoyat ishlari bo'yicha Zarbdor tuman sudi raisi Mirzaaxmedov Shohruh Xidirboyevich Zarbdor tumani Yoshlik mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan uchrashuvda Tibbiy yo‘sindagi majburlash choralari hamda “Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun maʼmuriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonunning mohiyati va ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.
Qonun 2021-yil 30-noyabrda Prezident tomonidan imzolandi (OʻRQ–734-son.)
Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, haydovchilar transportni boshqarishda telefondan quloqchinlar orqali va qoʻllarini ishlatmasdan gaplashish imkonini beradigan uskunalar orqali foydalanishi mumkin.
Haydovchilar belgilangan tezlikni oshirib yuborganida qayd etilgan tezlikdan 5 km/soat chegirib tashlab jazo qoʻllaniladi.
Haydovchi yonida pasporti yoki ID-kartasi boʻlganida transportni boshqarish, roʻyxatdan oʻtkazganlikka oid hujjatlarni, ishonchnomani, sugʻurtani yonida olib yurishi talab etilmaydi (mazkur tartib 2022-yil
1-martdan kuchga kiradi).
Shuningdek, transport salonining old qismiga monitor (displey) oʻrnatganlik uchun javobgarlik bekor qilindi.
Valyutalarni noqonuniy olganlik uchun jarima miqdori BHMning
10 baravaridan 20 baravarigacha etib belgilandi (ilgari qatʼiy BHMning
20 baravari edi).
Avtomobilda yoʻlovchilarni litsenziyasiz tashiganlik uchun fuqarolarga jarima BHMning 30 baravari etib belgilandi (ilgari BHMning 20 baravaridan 100 baravarigacha edi).
Ichki ishlar vazirligi axborotni (transportni boshqarish huquqini beruvchi hujjatlar, roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi, transportga egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, sugʻurta polislari haqidagi axborotni) ichki ishlar organlari yoki konsullik muassasalari bergan biometrik pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) asosida planshetlar va kompyuterlar vositasida foydalangan holda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan tekshirish tartibini Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi yagona elektron ish yuritish tizimi doirasida 2022-yil 1-martga qadar boʻlgan muddatda joriy etadi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Zarbdor tuman sudi
devonxona mudiri Bolbekov Jasur Gʻayratovich