Zarbdor tumani 2-sektor hududidagi “Tozaurug‘” MFYda nafar fuqaro oʻzini oʻzi band qilishiga erishildi.
Zarbdor tumani 2-sektor hududida joylashgan “Tozaurugʻ” MFYda tuman hokimi Z.Sh.Ruziyev va tuman 2-sektor rahbari M.U.Xoʻjamqulov boshchiligida “Tozaurugʻ sara sabzavotlar” fermer xoʻjaligi tomonidan ajratilgan 10 gektar yer maydonida “Zarbdor toza urugʻ tomorqa xizmati” tashkil qilinib, 50 ta fuqaroga 20 sotixdan dehqonchilik qilish uchun yer maydoni ajratilib berildi. Mazkur tashabbus zamirida 6 ta doimiy ish oʻrni yaratilib, 70 nafar fuqaro oʻzini oʻzi band qilishiga erishildi.
Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmat
Муҳокамага қўшилинг
Изоҳлар (0)