Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95

Tartib-intizom har joyda zarur.

09 февраль 2022 йил
738
0

Ezgu maqsadga ham, yuksak samaradorlikka ham tartib-intizom tufayligina erisha olamiz.

O‘z navbatida, har bir davlat organining vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda ijro intizomi muhim o‘rin egallaydi. Davlat organiga kelib tushayotgan har bir hujjatni ro‘yxatga olish va uning ijro muddatini belgilash qat’iy tartib asosida amalga oshiriladi. Hujjatlarning ijro etilishi ustidan nazoratni tashkil qilish tartibi ham mukammal ko‘rsatilgan bo‘lib, bu har bir hujjatning o‘z vaqtida ijro qilinishini ta’minlaydi. Ana shu masalalarga bag‘ishlab Zarbdor tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markaz xodimlari “Adliya organlari va muassasalarida ijro intizomini mustahkamlash masalasi” mavzusida seminar o‘tkazildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-son qaroriga asosida Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlarida tizimli ishlarni tashkil qilish hamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qarori huquqiy mexanizm vazifasini o‘tamoqda. Ijro intizomini mustahkamlash maqsadida vazirlik tomonidan elektron hujjat aylanishi tizimi tashkil etilgan. Har bir hujjatning ijro muddati o‘z vaqtida belgilab qo‘yiladi va doimiy nazorat qilib boriladi. Bunda davlat organlari “O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korporasiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalari va markaziy muassasalari apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha namunaviy Yo‘riqnoma” asosida faoliyat yuritadi. Mazkur Yo‘riqnomada boshqaruv faoliyatini hujjatlashtirish, kelgan xat-xabarlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish va jo‘natish, jo‘natiladigan hujjatlarni ishlash tartibi, hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va indekslash qoidalari aniq belgilangan.

Seminar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2016-yil 13-sentyabrdagi 185-UM-sonli “Adliya organlari va muassasalarida ijro intizomini mustahkamlash masalasida seminarlar tashkil qilish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash, hududiy adliya organlari va tashkilot xodimlarning ish yuritish, hujjatlar bilan ishlash hamda ijro intizomiga rioya etishga doir kasbiy bilimlarini oshirish choralarini ko‘rish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining va tashkilotlarning mas’ul xodimlari bilan xamkorlikda Zarbdor tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi va tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirokida tashkil etildi.

Zarbdor tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuristkonsulti A.Abduvaitov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар