Zarbdor tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan referendum jarayonlarida har bir fuqaroning shaxsan oʻzi ishtirok etishi orqali oʻz siyosiy irodasini namoyon qilishini targʻib qilish masalasiga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.
Shu sababli, joriy yilning 04-iyul kuni Zarbdor tumandagi korxona va tashkilot xodimlari ishtirokida Konstitutsiyaga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish hamda referendum o‘tkazish tartibi bo‘yicha seminar tashkil qilindi.
Seminar davomida, xodimlari tomonidan referendum bo‘yicha berilgan savollarga tuman adliya bo‘limi boshlig‘i T.Toshqulov hamda markaz xodimi A.Abduvaitovlar tomonidan javob berildi.