Dunyoda har bir inson orzu-umid bilan yashaydi. Ko‘pchilik halol mehnat qilib, yillar davomida topgan mablag‘i hisobiga yaxshi niyatda bino yoki uy qurishni boshlaydi. Ammo fuqarolarning oddiy bir yong‘in xavfsizligi qoidalariga befarq qaraganligi sababli mashaqqatli mehnat evaziga qurilgan uy-joy yoki mol-mulk bir necha daqiqalar ichida kultepaga aylanadi.
2022-yil 15-iyul kuni soat 10-32 da Zarbdor tumani «Ravot» MFY yashovchi fuqaro S.Sning yashash uyi hovlisidagi tandirxonasida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in joyiga Zarbdor tuman FVB xodimlari zudlik bilan yetib borib yong‘inni bartaraf etishgan. Yong‘indan tandirxonasining 15 m2 qismi yonib zararlangan. Hozirgi kunda yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.
Agar doimo xushyor bo‘lib, yong‘in xavfsizligi talablarini bajarsangiz o‘zingizni, oilangizni va mol-mulkingizni yong‘inlardan himoya qilgan bo‘lasiz.
Zarbdor tuman FVB boshlig‘i o‘rinbosari
kapitan Xolmuradov Sanjar
tel: 93 300 22 27