O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri, Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2022-yil 13-yanvardagi “Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va fuqaro muhofazasi bo‘yicha 2021-yilda bajarilgan tadbirlar yakuni hamda 2022-yildagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida” 1-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil mavsum davomida kuydigi kasalligi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi funksional va hududiy quyi tizimlari boshqaruv organlari kuch-vositalarining hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirish va takomillashtirish maqsadida Zarbdor tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Zarbdor tumani Tibbiyot birlashmasi, Zarbdor tuman SEO va JSB bo‘limi, Zarbdor tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi, Zarbdor tumani Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi 2022-yil 17-avgust kuni Zarbdor tuman joylashgan 5 nuqtada “Kuydurgi kasalilligini tabiiy o‘choqlaridan kelib chiqishi va tarqalishining oldini olishda FVDqT tegishli xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Ushbu maxsus-taktik o‘quv mashqida Zarbdor tuman Zarbdor tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari, Zarbdor tuman SEO va JSB bo‘limi xodimlari, Zarbdor tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish xodimlari, Zarbdor tuman Tibbiyot bo‘limi xodimlari, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash bo‘limi va mutasadi tashkilotlar ishtirokchilar qatnashdi.
Zarbdor tuman FVB FVDT va FM bo‘linmasi
boshlig‘i katta leytenant B.Nosirov