Zarbdor tumanida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida “31 yillikka – 31 loyiha” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirlar tuman hokimligi, tuman madaniyat bo’limi, 11-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi, tuman Xalq ta’limi bo’limi, O’zbekiston Yoshlar ishlari Agentligi va Yoshlar ittifoqining tuman kengashlari bilan hamkorlikda o’tkazildi.
Tadbirlar davomida “Tariximiz buyuk, kelajagimiz porloq” mavzusida Zakovat intellektual o‘yini, “Yangi O’zbekistonda, erkin va farovon yashaylik” mavzusidagi Vatanni madh etuvchi eng yaxshi qo’shiqlar tanlovi, “Yurtim tarixi” mavzusida insholar tanlovi, “Yangi O‘zbekiston – Yangicha dunyoqarash!” mavzusidagi videoroliklar tanlovi bo’lib o’tdi.
Shu bilan birga yosh musavvirlarimiz uchun “Yangi O’zbekiston” mavzusida rasmlar tanlovi ham o’tkazildi. Tanlov yosh ijodkorlar talabiga ko’ra ochiq osmon ostida, tabiat qo’ynida tashkil etildi.
Mustaqillik bayram kayfiyatini barchaga birdek ulashish maqsadida, tumandagi korxona va tashkilotlar, muassasalar hamda aholi va uyushmagan yoshlar ishtirokida “Mustaqillik – eng ulug’ ne’mat!” mavzusida targ’ibot-tashviqot tadbirlari ham ko’tarinki ruhda o’tkazildi.
Tadbirlar so’ngida faol ishtirok etgan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlanishdi.
Elyor Nazirov
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
Zarbdor tuman bo’linmasi bosh mutaxassisi