«One Million Uzbek Coders» loyihasi doirasida umumta’lim maktablari Informatika fani o‘qituvchilari uchun o‘tkazilgan tanlov natijalari e’lon qilinib, TOP-100 nafar o‘qituvchilar ro‘yxati shakllangani haqida avvalroq xabar bergandik.
Tanlov doirasida bu yil Top-100 ro‘yxatda Jizzax viloyati o‘qituvchilaridan 2 nafari yuqori natijani qo‘lga kiritdi.
Bugun ushbu tanlov g‘oliblari sifatida viloyatimizdan 2 nafar informatika fani o‘qituvchilari taqdirlandi. Ularning har biriga Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan maxsus sertifikat va 5 400 000 so‘m pul mukofotlari berildi.
Bundan tashqari viloyatda o'rnak bo'lib ishlab kelayotgan faol AKT xodimlari ham Xalq ta'limi vazirligining maxsus sertifikatlari bilan taqdirlandi.
Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati