Zarbdor tumanining eng olis, chekka hududidan biri bo’lgan Yangikent MFY Afrosiyob qo'rg'onida joylashgan 21-umumta’lim maktabida “Ma’naviy yuksalish – nurli kelajak sari yo’l!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda "Qadring baland bo'lsin, ona tilim!" shiori ostida seminar bo’lib o’tdi.
Tadbir davomida o’quvchi yoshlar tomonidan she’riy chiqishlar, sahna ko’rinishlari va milliy raqs ijrolari yig’ilganlar e’tiboriga havola etildi.
Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati