Bugun 21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Zarbdor tuman Madaniyat markazida, tuman xalq ta’limi bo‘limi hamda 3-sonli umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida “Buyuk davlat tili boqiydir!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda ustoz murabbiylar va kutubxona vakillari tomonidan ona tilimizning tarixi, rivojlanish bosqichlari, davlat tili maqomi berilishi jarayonlari xususida ma’ruzalar o‘qildi.
Shuningdek, tadbir davomida 3-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan ona tili mavzuidagi badiiy chiqishlar, kuy va qo‘shiqlar, she’rlar yig‘ilganlarga namoyish etildi.
Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati