O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5050-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Zarbdor tumani hokimi Z.Ruziyev profilaktika inspektorlari bilan tuman hokimligida uchrashdi.
Zarbdor tuman hokimi tumandagi profilaktika inspektorlariga qarordan kelib chiqadigan vazifalar, ularni ijro etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalarini berib o‘tdi.
Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati