Har bir inson hurmat-ehtiromga loyiq. Mehr-muruvvatga tashna, moddiy-ma’naviy ko‘makka muhtoj, ota-onasidan ayrilgan yetimlarga ikki karra ko‘proq mehr ulashish dinimizning asosiy ko‘rsatmalaridan.
Shu bois, Zarbdor tumanida “Mehr daftari” tizimiga kiritilgan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga tuman hokimi, tuman prokurori, mas’ullar hamda bolalarni himoya qilish sho’ba xodimlari tomonidan “Mehr daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mebel jihozlari tarqatildi.
Ko‘ngli o‘ksik insonlarga ko‘rsatilgan mehr va e’tibor, ularning qalbiga shodlik olib kirdi. Buni ularning kulib turgan yuzlari va zavqqa to‘lgan ko‘zlaridan sezib olish qiyin emas edi.
Zero, mehr-muruvvat, hamjihatlik, saxiylik dinimiz ulug‘lagan, xalqimiz ardoqlagan, asrlar osha amal qilib kelayotgan go‘zal fazilatdir. Xayr-saxovat, saxiylik insonlar o‘rtasida mehr-oqibat rishtalarining mustahkamlanishiga, o‘zaro hurmat va totuvlikning ortishiga xizmat qiladi.
Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati