“Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–39-son, 31.01.2023 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, 2023 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun kamida 13 trillion so'm yo'naltiriladi.
2023 yil 1 fevraldan:
- kreditlar ustuvor ravishda dasturlar bo'yicha avval kreditlardan foydalanmagan aholi va tadbirkorlarga ajratiladi;
- uzoq muddatga qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer maydonlarini ijaraga olib, dehqon xo'jaliklari va kichik tadbirkorlik sub'ektlariga 50 mln so'mgacha garovsiz kredit beriladi;
- tadbirkorlarning mahallalarda ishlab chiqarishni, xizmat ko'rsatish sohasini va hunarmandchilikni hamda aholi bilan kooperatsiya va kasanachilikni kengaytirishga yo'naltirilgan loyihalari uchun hokim yordamchilarining tavsiyanomasi asosida ajratiladigan kreditlar miqdori amaldagi 225 million so'mdan 300 million so'mgacha oshiriladi.
Bunda, tashabbuskor loyihada kamida 30 foiz ulush bilan ishtirok etishi lozim:
- dasturlar doirasida ilgari olgan kreditlaridan samarali foydalanib, tadbirkorligini yo'lga qo'ygan va kredit to'lovlarini o'z vaqtida amalga oshirgan kichik tadbirkorlik sub'ektlariga faoliyatini yanada kengaytirishi uchun mazkur kreditlardan takroran foydalanishga ruxsat etiladi;
- hokim yordamchisining tavsiyasiga ko'ra kredit summasining 10 million so'mgacha bo'lgan qismi (hunarmandlar uchun 20 million so'mgacha) bank kartalariga (naqdlashtirish imkoniyatini cheklagan holda) o'tkazib beriladi.
2023-yil 1-iyundan aholi va tadbirkorlarga kredit ajratish jarayonida qarz oluvchini ID-kartadagi (biometrik pasportdagi) biometrik ma'lumotlar asosida identifikatsiya qilish yo'lga qo'yiladi.
Zarbdor tumani adliya bo‘limi
Yuridik markazi bosh yuriskonsulti
A.Abduvaitov
скачать dle 12.0