Jizzax viloyati Zarbdor tumanida “Oqila ayollar harakati” yetakchilari, xotin-qizlar faollari, otinoyilar va tegishli soha mutaxassislari hamkorligida ochiq muloqat bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Respublika “Oqila ayollar harakati yetakchisi”, pedogogika fanlar doktori, professor Oynisa Musurmonova so‘zga chiqib, mahallalarda oilalarni mustahkamlash, farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati, ma’rifatli jamiyatni qurishda ma’rifatli onalarning rolini keng targ‘ib qilish, ayollar, ayniqsa, yosh qizlarda oilaga va Vatanga sadoqat, fidoyilik, tashabbuskorlik tuyg‘ularini singdirish, “Odobli qiz” va “Ma’rifatli ona” qiyofasini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, farzand, ayniqsa, qizlar tarbiyasi, oila, onalar ma’naviyatini yuksaltirish, oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlashga ko‘maklashish to‘g‘risda bildirilgan fikr va tavsiyalari seminar ishtirkchilarida katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, seminar davomida, viloyat “Oqila ayollar harakati” yetakchisi Shoira Fozilova va Zarbdor tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Saboxat Karimova ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati