Festivalda tuman hokimi Z.Ruziyev, tuman IIB boshlig'i Yo.Akaboyev, nuroniylar jamg‘armasi raisi A.Azimov, Viloyat xalq ta’limi sho’ba rahbari M.Riqsiyeva, barcha maktab direktorlari va amaliyotchi psixologlari ishtirok etdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi ijtimoiy sohalarga mas’ul rahbarlar bilan uchrashuvda 2023-yildan boshlab, o‘quvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasbga o‘rgatish Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining eng ustuvor vazifasi bo‘lishi ta’kidlangandi.
Yurtboshimiz: “Maktabdan kasb va tilni bilib chiqqan bola jamiyatimizning katta yutug’i, bilmagani muammo” – deya ta’kidlangandi
Maktabda ichki imkoniyatlaridan foydalanib hozirda o‘quvchilarga 15 xil kasbni o‘rgatish uchun shart-sharoitlar yaratildi. Jumladan:
Festival davomida she’riyatimiz malikasi shoira Zulfiya tavalludiga bag‘ishlangan dastur tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati