Vazirlar Mahkamasining 27.02.2023 yildagi 79-son qarori bilan Ta'lim kreditini moliyalashtirish jamg'armasi hisobidan yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun ta'lim krediti ajratish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.
Hujjat Prezidentning 12.08.2022 yildagi «Zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-350-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Xususan, Ta'lim kreditini moliyalashtirish jamg'armasi hisobidan tijorat banklariga depozit mablag'lar joylashtirilishi nazarda tutiladi. Kreditlar yoshlarga nodavlat ta'lim tashkilotlarining o'quv kurslarida axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun to'lovni amalga oshirish maqsadida beriladi.
Nizomga muvofiq Moliya vazirligi huzuridagi Ta'lim kreditini moliyalashtirish jamg'armasi tomonidan har yili 5 ming nafargacha yoshlarga tijorat banklari orqali kreditlar ajratiladi.
Kreditlar 65 BHMgacha miqdorda Markaziy bankning asosiy stavkasida imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga beriladi.
Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:
- «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kirgan oilalar farzandlari bo'lgan yoshlarga axborot texnologiyalari sohasida tahsil olish bo'yicha ajratilgan kreditlar uchun garov va kafillik talab etmaslik;
- Jamg'arma tomonidan ta'lim kreditlari ajratishda tijorat banklariga qo'yiladigan muvofiqlik mezonlarini belgilash.
Zarbdor tumani adliya bo‘limi
Yuridik markazi bosh yuriskonsulti
A.Abduvaitov