Bugun Zarbdor tumanida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Zafar Ruziyev, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Jizzax viloyat hududiy bo‘lim boshlig‘i Damanova Shohida tumanning el yurt o‘rtasida hurmat e’tiborga ega nuroniy otaxonlar, faxriy onaxonlar, tuman faollari, ta’lim muassasalari rahbarlari va ota-onalar ishtirok etishdi.
Marosimni tuman hokimi kirish so‘zi bilan ochib berib, Prezidentimizning shaxsan tashabbuslari bilan tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar bugun yurtimizda shiddat bilan davom etayotgan uchinchi uyg‘onish davri asosini tashkil etuvchi asosiy va muhim kadrlar bo‘g‘inini etishtirib berishini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, ochilish tadbirida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Jizzax viloyat hududiy bo‘lim boshlig‘i Shohida Damanova ham so‘z olib, barchani ushbu yangi ziyo maskani bilan tabrikladi va o‘quvchilarning a’lo baholarda o‘qishlarida omad tiladi.
Shundan so‘ng, marosim ishtirokchilari o‘quv dargohida yaratilgan sharoitlar, muassasadagi maxsus sinf xonalari, o‘quv jihozlari, oshxona, sport inshootlari bilan yaqindan tanishishdi.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur yangi bilim dargohida ushbu o‘quv yilidan 5-10-sinflar doirasida 336 nafar eng bilimdon va iqtidorli o‘quvchilarni imtihon asosida qabul qildi.
Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati