O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PQ-5148-son qaroriga muvofiq, joriy yilning 31-mart kuni Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida аholining barcha qatlamlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish orqali jismoniy qobiliyat va harakat faolligini takomillashtirish, mahallalarda yoshlarning muntazam jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish maqsadida jismoniy tayyorgarlik darajasi yuzasidan o‘tkazilgan sport sinovlarini tadbiri o‘tkazildi.
Musobaqa quyidagi tartibda:
16-17 yosh toifasida qizlar uchun tanlangan turlar
- 60 metrga yugurish (s)
- yugurib kelib uzunlikka sakrash (m, sm)
- turgan joydan uzunlikka sakrash (m, sm)
- basketbol to`pini 3 metrdan savatga tashlash (6 ta imkoniyatdan)
- 500 gr granatani uloqtirish
18-29 yosh toifasida erkaklar uchun tanlangan turlar
- 100 metrga yugurish (s)
- turnikda tortinish (marta)
- 16 kg toshni ko‘tarish (marta)
- yugurib kelib uzunlikka sakrash (m, sm)
- 700 gr granatani uloqtirish
- yerga tayangan holda qo‘llarni bukib yozish
Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati