2023-yil 3-aprel kuni tuman hokimligi kichik majlislar zalida Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining ellik uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada Zarbdor tumani hududida tashkil etilgan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-sonli qarorining ijrosi, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish, Tumandagi ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni “Temir daftar” ga kiritish, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining ellik ikkinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi va deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.