Zarbdor tumani Yangikent mahallasida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirlarda yurtimiz kelajagi, o‘zi va yaqinlari taqdiriga befarq bo‘lmagan fuqarolar, uyushmagan yoshlar, faollar, nuroniylar ishtirok etdilar.
Bunda so‘z olgan soha vakillari, yoshlar Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartishlarning ahamiyati, mazmun-mohiyati, eng muhimi, inson manfaatlariga xizmat qilishi haqida so‘z yuritdilar.
Tuman madaniyat bo‘limi sanʼatkorlari tomonidan esa sho‘x kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.