Jizzax viloyati Zarbdor tumani Shodlik mahallasidagi 1-umumta’lim maktabida o‘qituvchilar, mahalla aholisi va yoshlar ishtirokida uchrashuvlardan biri bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda Zarbdor tuman Kengashi deputati, Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Nilufar Allamuratova qatnashdi va yangi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi haqida keng va batafsil ma’lumotlar berdi.