Yoqilg‘i-energetika kompleksini modernizasiya qilish hamda texnologik qayta jihozlash, energiya resurslari yetkazib berish va iste’mol qilish sohasida shartnoma majburiyatlariga so‘zsiz rioya etish,— iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirish, investisiyaviy jozibadorlik va ishbilarmonlik faolligini oshirish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni samarali amalga oshirishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Ma’lumki, bu yil qish ancha sovuq bo‘lganligi uchun energetika tizimi bilan bog‘liq muammolar yaqqol ko‘rinib qoldi. Xususan, elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berishda ayrim eskirgan vositalari iste’mol talabi darajasida emasligini anglatdi. Energetika tizimlarini transformasiya qilish o‘z navbatida mablag‘ga borib taqaladi.
Energiya resurslaridan foydalanib, pulini to‘lashga kelganda «harajatlar ro‘yxati»ning oxirgi qatoriga qo‘yadigan shaxslar xam uchrab turadi.
Bugungi kunda Byuroning Zarbdor tuman bo‘limi tomonidan energiya resurslaridan qarz undiruvlar bilan bog‘liq ijro ishlari alohida nazoratga olingan bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarga yuzaga kelgan qarzdorliklarini doimiy ravishda to‘lab borish, aks xolda qonunchilikda nazarda tutilgan ta’sir choralari ko‘rilishi mumkinligi yuzasidan muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib boriladi.
Byuroning Zarbdor tuman bo‘limi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslardan ijro xujjatlariga asosan joriy yilning 8 fevral kunidan Energiya resurslaridan qarzdorligi uchun 182 nafar jismoniy va yuridik shaxslardan 3 mlrd. 878 mln. so‘m amalda undirilgan bo‘lsa, 20 ta 301 mln. so‘mlik mulk xatlanib, 8 ta 45 mln. so‘mlik mulklar elektron onlayn savdolariga chiqarilgan.
Tabiiy boyliklarimizning qadriga yetib, undan foydalangandan so‘ng to‘lovlarini ham o‘z vaqtida to‘lab borilganda, shu kabi ortiqcha xarajatlar va harakatlar amalga oshirilmas edi.
Davlat ijrochisi I.Y.Qodirov