Zarbdor tumanida 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar bayrami" munosabati bilan Do‘stlik mahallasida "Mahallamiz kelinlari" konkursi bo‘lib o‘tdi. Konkursda kelinlarimiz 5 ta shart bo‘yicha bellashdilar. Yurtimizda xotin-qizlarga berilayotgan e’tibor va imkoniyatlar haqida ko‘rinishlar, oila atalmish ulug‘ dargohni asrab avaylash haqidagi bahs-munozaralar, turli shartlarda kelinlarimiz mahorat bilan ijro etishib, o‘zoro bellashdilar. Tanlov ishtirokchilari va mahallaning faol ayollari homiylar tomonidan rag‘batlantirildi. Tadbir mahalla ayollariga bahoriy kayfiyat bag‘ishladi.