Joriy yilning 17-aprel kuni Zarbdor tumani Sanitar epidamologiya va osoyishtalik bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha Matbuot anjumani o‘tkazildi. Anjumanda tuman OAV xodimlari, korxona – tashkilotlar Matbuot xizmati vakillari ishtirok etdilar.
Anjuman dastavvalida so‘z olgan Zarbdor tuman sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati epidemiologiya bo‘limi mudiri Gayirov Numon Gayirovich tomonidan olib borilgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi.
2022-yilda Zarbdor tuman SEO va JS bo‘limi tomonidan tuman hududidagi mavjud 418 ta obyektlar ustidan sanitariya nazorati olib borilgan. Zarbdor tumani tibbiyot xodimlari o‘rtasida rejali tarzda 22/16 soatlik o‘quv mashg‘ulot dasturi tashkil etilgan. O‘quv mashg‘ulotiga davolash profilaktika muassasalarida faoliyat olib boruvchi 52 nafar vrachlar va 412 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari kamrab olingan. Shuningdek yukumli va parazitar kasalliklarini kelib chikishi va tarkalishini oldini olish borasida aholini sanitariya madaniyatini yanada kuchaytirish maqsadida sanitariya-targ‘ibot ishlari o‘tkazilgan. 2022-yilda tumanda virusli gepatit A kasalligini kamaytirish maqsadida 2142 nafar bolalar o‘rtasida virusli gepatitning A turiga qarshi emlashlar bilan qamrab olindi.
Aholi o‘rtasida tashkilot va korxonalar tamonidan O‘XYU kasalliklarni profilaktikasi bo‘yicha tadbirlar olib borilishi nazoratga olindi.
Anjuman davomida OAV xodimlari tomonidan berilgan savollarga javoblar berilib, 2023-yildagi amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.