Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ–832, 25.04.2023 y.) bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga qo'shimcha va o'zgartishlar kiritildi.
Shunga ko'ra:
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlari harbiy xizmatchisining huquqbuzarliklarni to'xtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, ko'rsatilgan muddatda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlari bo'linmalariga (huquqni muhofaza qiluvchi organlarga) borish yoki ushbu bo'linmalarda hozir bo'lish to'g'risidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini to'xtatish, jabrlanuvchilarga yordam ko'rsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoxud Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlari harbiy xizmatchisining qonuniy talablariga boshqacha tarzda bo'ysunmaslik –
BHMning 1 baravaridan 12 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Shuningdek:
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlari harbiy xizmatchisining o'z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog'liq qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida har qanday shaklda da'vatlar qilish, xuddi shuningdek Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlari harbiy xizmatchilariga ommaviy ravishda bo'ysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida bila turib soxta uydirmalarni tarqatish –
BHMning 3 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi.
Zarbdor tumani Adliya bo‘limi Yuridik markazi bosh yuriskonsulti A.Abduvaitov