- og'ir yoki o'ta og'ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar Viloyat, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasi a'zosi bo'lishi mumkin emas;
- Prezident muddatidan ilgari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ushbu Kodeksga to'liq muvofiq holda 2 oy ichida o'tkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik ko'rish hamda uni o'tkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi;
- Qonunchilik palatasi Prezident tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga to'liq muvofiq holda 3 oy ichida o'tkaziladi.
Qonunchilik palatasi tomonidan o'zini o'zi tarqatib yuborish to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga to'liq muvofiq holda 2 oy ichida o'tkaziladi;
- Senat O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Senat a'zolarining saylovi ushbu Kodeksga to'liq muvofiq holda 3 oy ichida o'tkaziladi.
Senat tomonidan o'zini o'zi tarqatib yuborish to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda, Senat a'zolarining saylovi ushbu Kodeksga to'liq muvofiq holda 1 oy ichida o'tkaziladi.
Zarbdor tumani adliya bo‘limi Yuridik markazi bosh yuriskonsulti A.Abduvaitov