Bank faoliyati O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida eng tez rivojlanayotgan tizimlardan biridir. Banklarning kredit resurslari muqaddam ajratilgan kredit qarzlarining tasdiqlangan grafik asosida qaytarilishi bog‘liq. Shunday ekan ma’lum maqsadlarda kredit olgan shaxslarning bu borada o‘z mas’uliyatlarini oshirishi, yana kimningdir kredit resurslaridan foydalanishiga imkon yaratadi.
Ma’lumki, Bank kreditlari ko‘pchilik hollarda garov evaziga beriladi. Agar kredit olgan shaxs bank oldidagi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda sud tomonidan kredit qarzdorliklarini garovdagi mulkiga qaratish yoki xatlash to‘g‘risida ijro varaqa chiqariladi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 15.02.2023-yildagi «Mikrokreditbank» ATB foydasiga qarzdor MCHJ 87 million so‘m kredit qarzdorlik undirish yuzasidan ijro varaqasi byuroning Zarbdor tumani bo‘limiga 24.02.2023 yilda kelib tushgan.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorlarga ijro ishi qo‘zg‘atilib, taraflarga nusxalari yuborilgan.
Mazkur ijro ishi doirasida 06.06.2023-yil kuni qarzdorga tegishli bo‘lgan ISUZU NPR 82L va LABO LB2 rusumli avtotransport vositalari xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi. Kelgusida ushbu avtotransport vositalari elektron-onlayn auksionlarida sotilib, sotuvdan tushgan puldan mavjud qarzdorlik qoplanadi.
MIB Zarbdor tuman bo'limi